Shiddat va shijoat bahsi

Date:

Azaldan xalqimizda to‘y-u hashamlarda, bayram va sayillarda kurash, ko‘pkari, arqon tortish, xo‘roz urishtirish o‘yinlari uyushtirilib, ota-bobolarimiz vaqtlarini chog‘ o‘tkazishgan. Alp o‘g‘lonlar ana shu tariqa bilagidagi kuchni sinovdan o‘tkazib, yuragidagi olovni so‘ndirishgan-da.
Ko‘pkari esa ko‘pning ishi. Ko‘pkarida ot surish ham, uning tomoshasi-da qiziqarli mashg‘ulot. Ko‘pkari oddiy o‘yin emas, u erni er qiladi, chobag‘onni epchil, dovyurak qiladi. Muhimi sovringa qo‘yilgani emas, muhimi chavandozning xalq oldida yuzi yorug‘ bo‘lishidir. Uzun tumanida ham milliy qadriyatlarimizdan biri, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tuman hokimi Xabibulla Bozorov taklifiga binoan “Ko‘pkari” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa davomida chavandozlarning qiyqirig‘i-yu, ishqibozlarning olqishi, chang-to‘zonga to‘lgan uloq maydoni o‘zgacha atmosfera kasb etdi. Shiddat va shijoatda kechgan bahslarda olomon olqishi “Ko‘pkari” nechog‘lik zavqli sport turi ekanligini aks ettirib turdi.

Oldingi sahifaTadbirkorlar uchun qulaylik
Keyingi sahifaUzunda ham…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun