Sahna ortida…

Date:

Darvoqe, bayramni bayramdek o‘tkazib, xalq kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qilayotgan, ishi ko‘rinib, o‘zi ko‘rinmaydigan, sahna ortida qolib ketadigan soha mehnatkashlari ham bor.
O‘n yildan oshiq davr mobaynida Termiz shahridagi Madaniyat uyida ovoz operatori sifatida faoliyat olib borayotgan Yodgor To‘rayev ham ana shunday kadr ortida ishlaydigan mehnatkashlardan. Butun bir bayram va sayilni risoladagidek o‘tkazish uchun musiqa va ovoz bilan ta’minlab berayotgan mutaxassisning ishiga mehri bo‘lakcha.
— Ishimiz qiziqarli, — deydi Y.To‘rayev. — Shu bilan birga mas’uliyat, sergaklik talab etadi. Xato qilishga, adashishga haqimiz yo‘q. To‘g‘ri, endi ishimni boshlagan kezlarimda, ana shunday xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan kezlarim bo‘lgan. Buning uchun sahnalashtiruvchi rejissorlardan, rahbariyatdan dakki ham eshitganman. Bora-bora ishingizda pishib, tajribangiz ortib borarkan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun