Xush kelding, Navro‘z!

Date:

Navro‘z — yangi kun demak. Shunday ekan, bu kunda ezgu niyatlar ila o‘zlikka qaytamiz. Doshqozonlarda sumalak qaynatib, milliy taomlar pishiramiz. Ko‘cha va saylgohlarda Navro‘z sayllari, shodiyonalari qizg‘in tus oladi. Angor tumanida ham xalqimizning qadimiy urf-odatlari, an’analari, umrboqiy qadriyatlarini oʻzida ifoda etgan milliy bayramimiz keng nishonlanmoqda.


Erta tongdan tuman ahli va mehmonlar tumandagi markaziy o‘yingohga tashrif buyurdi. Bayramga o‘ziga xos va yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilganiga saylgohga tashrif buyurganlar ko‘rib, kuzatib o‘zlari amin bo‘lishlari mumkin. Saylgohda doshqozonlarda sumalak va boshqa milliy taomlar tayyorlanib, elga ulashildi.
Tuman tashkilotlari, ta’lim muassasalari, mahallalar tomonidan ayyom bilan bog‘liq urf-odat va an’analar, milliy taomlar ko‘rgazmalari tashkil qilindi. Dorboz o‘yinlari, milliy va xalq o‘yinlari namoyish etildi.


Ayniqsa, bayram shodiyonalari avvalida, tuman hokimi Qosim Mardonovning barchani sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy udumimiz – Navroʻzi olam bilan qizgʻin muborakbod etgani barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun