TerDU talabasi xalqaro turnir g‘olibi

Date:

Nafaqat yutimizda, balki qo‘shni davlatlarda ham ayni bahor, Navro‘z ayyomi arafasida kurash turnirlari o‘tkazilib, qardosh ellarning polvonlari bir maydonda jam bo‘lishlari maqsad qilinadi. Tojikiston Respublikasida ham “Dushanbe shahar hokimi kubogi” uchun sportning “G‘ushtingiri” milliy kurash turi bo‘yicha V xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 40 ga yaqin davlatdan 200 dan ortiq sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyish etdi.
Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu turnir har yilgidan-da yuqori saviyada tashkil etildi. E’tiborlisi, unda Termiz davlat universiteti talabasi Shermuhammad Jandreyev +86 kilogramm vazn toifasida qatnashib, mutlaq go‘lib bo‘ldi. G‘olib sovrin jamg‘armasidan 10 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun