Termiz tumanida Navro‘z sayllari…

Date:

Navro‘z – bu yangilanish, yasharish va go‘zallik, tinchlik, totuvlik, farovonlik bayramidir. Xalqimiz asrlar davomida odamlarni ma’nan birlashtiruvchi, ularning qalbida ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlovchi, insoniylik, mehr-muruvvat g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan Navro‘zni qut-baraka va to‘kinchilik bayrami sifatida keng nishonlab kelmoqda.


Ayni damda Termiz tumanida nishonlanayotgan Navro‘z sayli shodiyonalari xalqimizga katta quvonch va xursandchilik ulashmoqda. Tadbirda poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli estrada yulduzlari — “Via Marokand” guruhi va Shoxruhxon o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan xalqimizga ko‘tarinki hushkayfiyat bag‘ishladi.


Bundan tashqari bayram tantanalarida xalq o‘yinlari musobaqalari, hunarmandchilik bahoriy milliy taomlar ko‘rgazmalari tashkil etilgan.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...

Ona tiliga ehtirom — milliy o‘zlik ifodasi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Termiz davlat...
KunTun
KunTun