Kurashchilarimiz tengsiz…

Date:

Kurashda mardlar maydonga chiqadi. Or uchun, sharaf uchun kurashadi. Har bir polvon raqibining kuragini yerga tekkazish uchun harakat qiladi. Turgan gapki, bilagida kuchi, yuragida o‘ti borlar murodiga yetadi. Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida milliy kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi” musobaqalarida ham shunday bo‘ldi.
uhbu musobaqaga yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan polvonlar ishtirok etdi. Har bir polvon g‘oliblikka chin da’vogar deyish mumkin. Albatta, kurash ham murosasiz janglarga boy bo‘ldi. Kuchlilar bahsida Surxondaryo terma jamoasi umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Toshkentliklarga ikkinchi, Buxoro va Samarqand terma jamoalariga esa uchinchi o‘rin nasib etdi.
E’tirof etish kerakki, kurash bo‘yicha Surxondaryo terma jamoasi ushbu natijani besh yil avval qayd etishgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun