Mikroblarni bartaraf etishning yangi usuli

Date:

Mikroblar insoniyatning eng birinchi dushmani. Kasallik tashuvchi, immunitetni pasaytiruvchi kuch sifatida mashhur mikroblarga qarshi kurashish uchun eng avvalo, gigiyenaga rioya qilish lozim. Olimlar esa og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroblarni bartaraf etishning yangi usuli ishlab chiqishdi. Endi bakteriyalarni antibiotiklardan foydalanmasdan bartaraf etish mumkin.
Mutaxassislar uglevod dekstrani bilan qoplangan oltin zarrachalarini ishlab chiqishdi, ular yordamida bioplyonkalarni – so‘lak tufayli bir-biriga yopishib qolgan bakteriyalar konglomeratini bartaraf etish mumkin. Streptococcus mutans kabi bakteriyalar tomonidan hosil bo‘lgan og‘iz bioplyonkalari kuchli kariesga olib kelishi mumkin.
Lenta.runing xabar qilishicha, tajribalar fototermik terapiya og‘iz bioplyonkalarini bartaraf etishda deyarli 100 foiz samarali ekanini ko‘rsatdi. Oltin nanozarrachalari stafilokokka ta’siri bo‘yicha mikroblarga qarshi vosita – gentamitsindan ustun kelgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Baholar, o‘zlashtirish, maktab ma’lumotlari — “MyGov”da

Ota-onalar endi farzandining maktabdagi o‘zlashtirishi, fanlardan olayotgan baholari va...

Qatardagi turnirdan uch medal bilan

Qatar poytaxti Doha shahrida Taekwondo WT bo‘yicha xalqaro turnir...

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...
KunTun
KunTun