Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

Date:

Sariosiyo tumanidagi “Shaxtyor” o‘yingohida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida “Navro‘z” umumxalq bayrami nishonlanmoqda.

Sariosiyoliklarning xursandchiligiga qo‘shni Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar ham sherik bo‘ldilar. Mehmonlar tantanali ravishda kutib olinib, Navro‘z shodiyonalariga taklif etildi.


Dilga orom beruvchi mumtoz navolar, folklor-etnografik jamoalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar va unga hamohang tarzda o‘tmishdagi ajdodlarimizning turmush tarzi va yorug‘ orzu-umidlari, intilishlarini aks

ettirgan chiqishlar barchani mahliyo etadi. Navro‘zi olam sariosiyoliklarga o‘zgacha shukuh, shodu-xurramlik bag‘ishladi.


Tumanning har bir mahallasi-yu qishloqlarida bayram sayillari davom etmoqda. Joylarda yangi inshootlarga tamal toshi qo‘yilib, ulkan bunyodkorlik ishlari boshlanmoqda. Mehr-oqibat, xayr-saxovat, bag‘rikenglik singari yuksak insoniy fazilatlarimiz keng namoyish etilib, ehtiyojmand oilalarga moddiy-ma’naviy ko‘mak berilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun