Deputat va yoshlar uchrashdi

Date:

Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi har bir fuqaroni, ayniqsa, yosh avlodni ruhlantirib yubordi deb bemalol aytishimiz mumkin. Bugun ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilayotgan qulayliklar, chiqarilayotgan qonunlar, xususan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishini, Referendum orqali yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz qabul qilinib, uning alohida bo‘lim va boblari aynan yoshlar uchun ajratilganligi, mamlakatimizda o‘tkaziladigan siyosiy jarayonlarda befarq bo‘lmasdan, saylovlarda mustaqil ovoz berish imkoniyatidan foydalanishlari “Yangi O‘zbekiton”ni barpo etishga dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Termiz davlat pedagogika institutida talabalarining ijtimoiy faolligini oshirish, siyosiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yoshlarning siyosatdagi o‘rni, olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari Saydulla Abduraimov hamda Saypulla Tursunovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan javob olishdi. Yakunda, institut rahbariyati tomonidan deputatlarga esdalik sovg‘alari topshirildi hamda Termiz davlat pedagogika instituti rektori Azizbek Xasanov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zoligiga qabul qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun