Baholash tizimi takomillashtiriladi

Date:

Har bir soha va tizimda yuqori samaradorlikka erishish uchun eng avvalo, yo‘lboshchining tashabbuskorligi, faolligi muhimdir. Shu jihatdan rahbarlarning faoliyati baholanishi mas’uliyat hissini oshirib, sohada muhim o‘zgarishlar qila olishi mumkin. Bu borada Prezidentning “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni (PF-49-son 13.03.2024 y.) qabul qilindi.
Unga muvofiq, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KRI), ularga erishish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” hamda ular tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi Hukumat tomonidan tasdiqlanadi.
Samaradorlik ko‘rsatkichlariga o‘z vaqtida va sifatli erishilishini ta’minlash va ularning bajarilishini monitoring qilish tizimini raqamlashtirish maqsadida samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumot har chorakda “samaradorlik.uz” elektron platformasiga kiritiladi. Unda rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi shakllanadi. Har bir samaradorlik ko‘rsatkichiga belgilanadigan salmoq o‘lchovi yig‘indisidan kelib chiqib, samaradorlik ko‘rsatkichlari ular bajarilishi 70 foizdan kam bo‘lganda – “qoniqarsiz”, 70 foizdan 85 foizgacha – “qoniqarli”, 85 foizdan 100 foizgacha – “yaxshi” hamda 100 foiz va undan yuqori bo‘lganda “a’lo” deb baholanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mashg‘ulot qiziqarli o‘tdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari “Hayvonlar fiziologiyasi”...

Loyiha ilmiy asoslangan

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...

Odamsimon robotlar o‘zimizda ishlab chiqariladimi?

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Janubiy Koreya biznes davra suhbati...

Oldi-sotdi ishlari raqamlashtiriladi

Prezidentning “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga...
KunTun
KunTun