“Yoshlik bahori”da

Date:

San’at borasida gap ketganida beixtiyor ilhomlanib ketasiz. Har bir oilada hech bo‘lmaganda bir nafar farzandimizning san’at sohasida ishtiyoqi baland bo‘ladi. Kimdir bolaligidan raqs, qo‘shiq, fortopianino va san’atning turli yo‘nalishlarini tanlaydi. O‘zlarining jozibali ovozlari bilan boshqalarga hushkayfiyat ulashadi.


Yoshlarning istedodini yuzaga chiqarish maqsadida Termiz ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida “Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilarining Surxondaryo viloyati hududiy saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda Termiz ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining akademik vokal yo‘nalishida 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z iste’dodlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Har bir chiqishni Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatridan tashrif buyurgan opera solistlari baholab borishdi. Tanlov yuqori saviyada oʻtkazildi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun