Qidiruvga berilgan ota yerto‘ladan topildi

Date:

Hech bir inson ajrashish, farzandlarini tirik yetim qilish uchun oila qurmaydi. Ammo, maishiy muammolar, arzimas sabablar gulday oilalarning darz ketishiga sabab bo‘layotgani ayanchli. Ikki o‘rtada norasida bolalar azoblanadi.
Angor tumanida yashovchi fuqaro F.M. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgandan so‘ng, 2019-yilning yanvar oyidagi sud buyrug‘iga asosan voyaga yetmagan 3 nafar farzandining moddiy ta’minotiga mas’ul etib belgilangan edi. Ammo, qarzdor ota aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Qidiruvda bo‘lgan ota haqida olingan ma’lumotlar asosida MIB Angor tuman bo‘limi davlat ijrochisi qarzdorning yashash manziliga borib, yaqinlariga ijro ishi haqida tushuntirish bergan. Bundan naf bo‘lmagach, xonadondagi qoramolni xatlovga olish jarayonida to‘satdan kutilmagan holat yuz bergan: qoramoldan ayrilishni istamagan xonadon egalari qarzdor uyning yerto‘lasiga yashirinib olganini aytishgan.
Qarzdor ota ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudida ko‘rib chiqilib, unga 51 million so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi sabab 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun