Bilimi munosib baholandi

Date:

Matematik amallarni bajarishni hamma ham amallay olmaydi. Buning uchun bilim, matematikaga qiziqish lozim. Hisob-kitoblarga qiziquvchi yoshlarimizning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida turli tanlovlar, fan olimpiadalari o‘tkazilib kelinmoqda.
Xuddi shunday Turkmanistonda ham xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Tasavvur qilganingizdek, bilimli, mahoratli yoshlar jam bo‘lgan olimpiadada ishtirokchilar g‘oliblik uchun kurashdilar. Unda Termiz davlat universiteti talabalarining ishtirokini ham e’tirof etib o‘tish lozim. Yoshlarimizning bilimi, harakatlari munosib baholanib, faxrli o‘rinlarni egallashdi.
Olimpiadaning A kategoriyasi bo‘yicha Durdona Maratova, Sirojiddin Beg‘amovlar kumush medal, Hojiakbar Aminov va Kamola Elomonovalar bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Ma’lumot uchun aytish kerakki, mazkur xalqaro olimpiadada Turkmaniston, Bolgariya, Rossiya, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Xitoy, Inodoneziya va boshqa davlatlaridan kelgan talabalar o‘zaro bellashishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun