Bandixonda IT markazi ish boshladi

Date:

IT sohasiga e’tibor, qiziqish ortib bormoqda. Yoshlarning sohani o‘rganishga bo‘lgan talabi hududlarda IT markazlarining ochilishiga, malakali mutaxassislarning jalb etilishiga sabab bo‘layotir. Bandixon tumanida ham yoshlarning axborot texnologiyalaridan foydalanish ehtiyoji inobatga olinib, IT markazi ish boshladi.
Albatta, ushbu markazning ochilishi, foydalanishga topshirilishi tuman ahli uchun o‘ziga xos xursandchilik bo‘ldi. Marosimga tuman hokimi A.Allamuradov, IT PARK Surxondaryo MCHJ rahbari S.Nusratullayev, nuroniylar, yoshlar hamda mas’ullar ishtirok etdi.
Mazkur IT markazida yoshlar sifatli ta’lim va axborot texnologiyalariga oid bilimlarini mustahkamlaydi. Shu bilan birga ta’lim dargohida turli sohalardagi kurslarni topish mumkin. Qolaversa, faoliyatning dastlabki yillarida Web dasturlash, Front-end, Java, Backend, Mobil dasturlash, Kiberxavfsizlik, SMM, Mobilografiya, Grafik dizayn, Moushin dizayn, 3Dmax, Trading va boshqa aktual sohalardan ta’lim beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun