“Ustoz – shogird tizimi” amalda

Date:

Tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda sinaydilar, tajriba oshiradilar. Ammo, bunday amaliy jarayon bo‘lajak shifokorlar uchun hayajonli bo‘lishi turgan gap. Tasavvur qiling, jarrohlik amaliyotiga olib kirishdi. Bemorning terisini kesib, amaliyot boshlandi. Bu holatni diydasi qattiqroq talaba jimgina kuzatishi mumkin, ammo hamma ham emas…
Talabalarni kasbga qiziqtirish hamda ularning malakalarini oshirib borishlariga qulay imkoniyat yaratish maqsadida malakali ustozlarni biriktirish orqali “Ustoz-shogird” an’anasini davom ettirish an’ana tusini olmoqda. “Ustoz – shogird tizimi” asosida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-markazi Surxondaryo filialida bemorlarni jarrohlik amaliyoti bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti davolash ishi ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabalari ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun