“Zakovat”i sinaldi

Date:

Tumandagi barcha umum-ta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shu bilan birga, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, Termiz tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabida “Zakovat” intellektual o‘yinining “Milliy Gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi kubogi” saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada maktabning yuqori sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan musobaqada maktabning 10-sinf o‘quvchilari g‘olib bo‘ldi.
Yakunda g‘olib jamoalar tashkilotchilarning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun