Xizmat safari davom etmoqda

Date:

Ta’lim tizimida qanday o‘zgarish va yangilanishlar qilinsagina, o‘zlashtirish darajasi oshadi? Albatta, jahon standartlariga moslashish, eski qoliplardan chiqish lozim. Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev rahbarligidagi tumanlar MMT bo‘limi boshliqlari, maktab direktorlari va boshqa mas’ullardan iborat delagatsiya Tatariston Respublikasining Yelabuga shahridagi Alabuga xalqaro maktabida bo‘lib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishar ekan, o‘z savollariga javob topganday bo‘lishdi.
Aytish kerakki, mazkur maktab jahon standartlari asosida faoliyat yuritadi. Unga bolalar maktabgacha ta’lim yoshidan qabul qilinadi va maktabgacha, maktab ta’limi to‘liq, chuqurlashtirilgan tarzda olib boriladi. Delegatsiya a’zolari ushbu maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, tataristonlik hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashishdi. Xalqaro maktabga bo‘lgan tashrif yakunida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda “Alabuga” sanoat zonasi o‘rtasidagi hamkorlik, do‘stlik namunasi sifatida o‘zaro sovg‘alar almashildi, delegatsiya a’zolariga sertifikatlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun