Isitish tizimi o‘rganildi

Date:

Qish-qirovli, yog‘ingarchilik tinmayotgan bir paytda ta’lim va tibbiyot muassasalarida risoladagidek shart-sharoit yaratib, ta’lim va tibbiy xizmat sifatiga putur yetkazmaslik shart va zarur. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov taʼlim va tibbiyot muassasalarining isitilishi, tibbiy xizmat koʻrsatishning holati, shuningdek, mahallalar “yettiligi” faoliyati, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Jarqoʻrgʻon tumanida boʻldi.
Tashrif davomida maktab va shifoxonalarning, tuman tibbiyot birlashmasining isitish tizimi koʻzdan kechirildi. Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, dori-darmon taʼminoti borasida masʼullarning axborotini tingladi. Bemorlar bilan suhbatlashib, ularning sogʻligini yaxshilash, tibbiy xizmat sifatini oshirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.


Tumanning “Paxtakurash” mahallasida joylashgan 14-umumtaʼlim maktabining isitish tizimini koʻzdan kechirish chogʻida shu yerning oʻzida mahalla “yettiligi”, tumandagi “yettilik” rahbarlarining faoliyati yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Aholi bandligini taʼminlash, daromadlarini oshirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida taklif va tavsiyalar berildi.
Milliy gvardiya xodimlari tomonidan umumtaʼlim maktablaridagi davomatni yaxshilash, koʻp dars qoldirayotgan va tarbiyasi ogʻir oʻquvchilar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi. Mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ijtimoiy ahvoli ogʻir oilalar bilan manzilli ishlash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Jarqoʻrgʻon tumani viloyat miqyosida koʻplab koʻrsatkichlarda ortda qolayotgani, barcha darajadagi masʼullar va “yettilik” faoliyatini yanada jonlantirish borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun