Qulupnaylari el dasturxonini bezab

Date:

Yil sayin qulupnay yetishtirish ommalashib, qulupnaychilik dehqonchilik qiladigan insonlarning “hobbi”siga aylanib ulgurmoqda. Denovlik Risolat Mamazoitova ham uzoq yillardan beri dehqonchilik qilib kelsa-da, hozirda limon va qulupnay yetishtirishga katta e’tibor qaratgan. U oilasi bilan mehnat qiladigan 10 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, qulupnay yetishtirish texnologiyasini puxta o‘rganmoqda. Bu ishni o‘z xonadonida tashkil etib, yaxshi natijalarga erishmoqda.
Bir tup ko‘chatdan mavsumda yerning unumdorligi, parvarishiga qarab, 200 gramgacha hosil olish mumkin bo‘ladi. Demak, bir sotix yerdan bir mavsumda o‘rtacha 130-150 kilogramm hosil olinadi. Shunday ekan, daromadu foydani endi hisoblayvering. Qulupnay parvarishi ham o‘ta nozik ishlardan biri hisoblanadi. Har bir agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish lozim. Issiqxonadagi issiqlik ham me’yorida bo‘lishi muhim. Bundan tashqari, nav tanlashga ham alohida e’tibor qaratish kerak. Tanlangan nav yerning tarkibi, unumdorligiga, ekilgan hudud iqlim sharoitiga mos bo‘lishi kerak. Dehqon ayol ayni jihatlarni hisobga olib kam bo‘lmayapti.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun