Sportchilarimiz g‘oliblar safida

Date:

Bolalar va kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlarimiz ham sportda o‘zlaridan katta opa-akalaridan sira qolishmay, o‘z mahoratlarini namoyon etib, g‘oliblik shohsupalaridan joy olib, chempion degan nomga sazovor bo‘lishayotgani quvonarli hol, albatta. Ayniqsa, toekwondo sport turi bo‘yicha bolalikdan shug‘ullanib, o‘z jismoniy imkoniyatlarini oshirib borayotgan yoshlarning raqibiga qarshi chiqishini kuzatsangiz, ular o‘zlashtirgan usullar, chaqqonlik, chapdastlik va mahorat o‘z ishini ko‘rsatayotir. Toekwondo ITF sport turi boʻyicha bolalar va kichik yoshlar oʻrtasida Toshkent shahridagi Jar sport majmuasida o‘tkazilgan Oʻzbekiston chempionatida ham xuddi shunday bo‘ldi.
Yosh toekwondochilar nimalarga qodir ekanini yaqqol ko‘rsatishdi. Raqiblari bilan beayov kurashib, g‘oliblik sari intildilar. Musobaqada Uzun tumani sportchilari ham bo‘sh kelmadi va muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egalladi. Jumladan, Fozil Ravshanov va Bahodir Yangiboyevlar 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, jamoaviy bahslarda ham yosh toifasidagi sportchilarimiz 6 ta 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun