Ma’naviy ozuqa bo‘ldi

Date:

Teatr insonga ma’naviy ozuqa beradi. O‘ylashga, mushohada qilishga chorlaydi. Qalban yayrab, qahramonlar bilan birgalikda iztirob chekishga, quvonishga majbur qiladi. Ha, teatrning, san’atning ta’sir kuchi shunday, insonning qalbini, ongu shuurini egallab oladi-da, o‘z olamiga oshno etadi. Bejizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi topshirg‘iga asosan har oyning bir kunini teatr kuni deb belgilash topshirig‘i berilmagan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida har bir tashkilot va idoralarda, ta’lim muassasalarida fuqarolarning, yoshlarning bir kuni taetrga boradigan, ma’naviy ozuqa oladigan kun sifatida belgilab qo‘yilgan.


Jarqo‘rg‘on tumani hokimi E. Avazovning tashabbusi bilan joriy yilning fevral oyidan boshlab, har oyning uchinchi yakshanbasi ham aynan teatr kuni. Tuman Madaniyat bo‘limiga qarashli 20-son madaniyat markazi tomosha zalida markaz qoshidagi xalq havaskorlik drama teatri ijrosida “Kim zo‘r?” nomli ibratli spektakli va estrada xonandalari ijrosida teatrlashtirilgan kontsert dasturlari namoyish etildi.
Tadbirda tuman hokimligi, sektorlar hamda barcha korxona va tashkilotlar, muassasa rahbarlari boshchiligida 200 nafardan ortiq ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Tomoshaga kelganlar o‘tgan vaqtiga sira achinishmadi, balki katta taassurotlar olib, ma’naviy ehtiyojning o‘rnini to‘ldirdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun