Ehson sumalagi pishirildi

Date:

Sumalak bahorning shoh taomi. Qish bo‘yi vitaminlar tanqisligiga uchragan organizmlar uchun tabiiy va shifobaxsh darmon doridir bu ne’mat. Sumalakning yaralish tarixini juda yaxshi bilamiz. Har yili o‘tkaziladigan sumalak sayllarimizda momolarimizning so‘zlab beradigan qiziqarli rivoyatiga aylangan ushbu rivoyatni qayta va qayta tinglaymiz.
Dosh qozonda qaynayotgan sumalak xalqni birdamlikka chorlaydi. Urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni yodga soladi. Milliy liboslarda, milliy taomlaru milliy an’analarga qaytamiz. O‘zligimizni eslaymiz. Ko‘k somsa, ko‘k chuchvara pishirishga tushib ketamiz. Ayniqsa, tilak tilab, sumalak pishayotgan qozonga tosh tashlash marosimi eng qiziqarli tomoni. Bunday ezgu niyatlar esa ushalmay qolmaydi.
Qishning so‘nggi oyidanoq bahor nafasi esayotgan Surxon vohasida allaqachon sumalak sayllari boshlanib ketgan. Angorlik pillakor, pillachilikda faoliyat yuritib, davlat mukofoti bilan taqdirlangan 85 yoshli Mengnor Xolliyeva ham tashabbus ko‘rsatib, Al-Hakim At-Termiziy majmuasida ehson uchun dosh qozonda sumalak pishirdi. Tadbirga viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham tashrif buyurib, pillakor momo bilan dildan suhbatlashdi. Yurt tinchligi va farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun