Interaktiv o‘yin orqali

Date:

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, “Men Boburni nechog‘lik bilaman?” deya. Kimdir o‘zida ishonch bilan shoh va shoirning hayoti va ijodi bilan tanishligidan iftixor sezsa, kimdir sarosimaga tushishi aniq. Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligi munosabati bilan “Boburga ehtirom” shiori ostida tashkil etilgan interaktiv o‘yinlar orqali bobomiz haqida bilganlarini keng jamoatchilikka ma’lum qilgan bo‘lsa, tomoshabinlar bilimlarini yanada boyitdi. Ozlari uchun Zahiriddin Muhammad Boburni kashf etishdi.
Interaktiv o‘yin, o‘z nomi bilan anglatganidek, qiziqarli kechdi va yoshlarni faollikka chorladi. O‘yin davomida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqida talabalar hamda ustozlar tomonidan ma’lumotlar keltirildi. “So‘z o‘yini” metodi orqali talabalar tomonidan ruboiylari aytildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida savol-javob viktorina o‘yinlari orqali talabalar bilimi sinovdan o‘tkazildi.

Oldingi sahifaPazanda qizlar bellashdi
Keyingi sahifaJasorat

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun