Ertaning egalari tarbiyalanmoqda

Date:

Ayollar jamiyatning turli jabhalarida mehnat qilib, vatan ravnaqi, kelajak avlod taqdiri uchun xizmat qilayotir. Ilm-fan, ijtimoiy-siyosiy sohalarda deymizmi, tadbirkorlikda ham ayollarimizning ulushi ortib bormoqda. Jarqo‘rg‘onlik G.Rahimova ham ana shunday jonkuyar, vatan xizmatiga o‘zini kamarbasta aylagan ayollardan. U o‘z xonadonida xususiy bog‘cha tashkil etib, bolajonlarga maktabgacha ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratgan.
Millat tarbiyachisining kuyunchakligini ko‘rgan ota-onalarning ham xususiy bog‘chada bolajonlarining munosib tarbiyalanayotganidan ko‘ngli shod. Bolajonlar u yerda boshlang‘ich bilimlarni o‘rganish bilan birga, kitobxonlikka, san’atga, sportga oshno etiladi. Turli tadbir va tanlovlar orqali o‘z iqtidorlarini shakllantirishadi. Tarbiyalanuvchilar ishtirokida buyuk bobokolonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning 541-yilligiga bag‘ishlangan tadbir ham bolajonlar uchun muhim ahamiyat kasb etdi. O‘g‘il-qizlar buyuk bobokalonimizning ijodidan namunalar o‘qishdi. Sahna ko‘rinishlari misolida Bobur hayotidan bir lavhani akas ettirishdi. Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar esa barchada bayram kayfiyatini uyg‘otdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun