Onlayn tanlovda g‘olib

Date:

San’at shunday sohaki, har bir insonni o‘ziga ohanrabodek jalb etib, sehrlab oladi. Ayniqsa, zamonaviy qo‘shiqchilik imkoniyatlari shu qadar kengki, ovoz, ohang bari bir butunlik kasb etadi-da, muxlisga aylanishingizga sabab bo‘ladi. Iqtidor esa o‘z ustida ishlab, mahoratni orttirib borish bilan yanada sayqallanadi.
Oltinsoy tumandagi 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining akademik xonandalik to‘garagi oʻquvchisi Sadriddin Zayniddinov ham o‘z ustida ishlab, o‘zining musiqiy bilimlarini oshirib boradi. U “Гордость Страны” (Rossiya, Moskva ) xalqaro onlayn bolalar tanlovida ishtirok etib, o‘zini sinab ko‘rdi. Sadriddinning ovoz imkoniyatlari, qo‘shiqchilik mahorati munosib baholanib, faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun