“Mahallaning bir kuni”

Date:

Yoshlarni, umuman yoshu keksani vatanparvarlik tuyg‘ularini mavjlantirish, kuchaytirish maqsadida erta tongdan mahallayu maktablarda, tashkilot va idoralarida davlat madhiyasi bilan o‘qish va ish kuni boshlanayotir. Sariosiyo tumanining barcha mahallalarida ham davlat madhiyasi yangrab, mahalla faollari vatanparvarlik ruhida ish faoliyatini boshladilar.
Shundan so‘ng, mahallalarda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Ko‘chalar tozalandi, ko‘chatlar ekildi. Ichki ariqlar tozalanib, daraxtlar tanasi oqlandi. Bundan tashqari, tumanning “Chilonzor” mahallasi Islom Karimov va “Vatanparvar” ko‘chalarida mahalla aholisi hamda homiylar yordamida ikkita transformator o‘rnatilib, aholi sifatli elektr energiyasi bilan, “Afrosiyob” mahallasida esa suv nasosi ta’mirlanib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Shuningdek, tumandagi barcha maktablarda mahalla faollari ishtirokida “Otalar yig‘ilishi”lari tashkil etilib, otalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni yana bir karra tushuntirib o‘tildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun