Tomorqa daromad manbai

Date:

Mehnat bilan suyagi qotgan inson necha yoshda bo‘lmasin, bekor o‘tirishni o‘ziga ep bilmaydi. Denovlik 63 yoshlik Jumanazar ota ham ko‘p yillardan buyon hovlisidagi tomorqada issiqxona tashkil etib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib keladi.
Otaxonning xonadoniga yilning qay faslida mehmon bo‘lmang, 15 sotixlik yeridan unumli foydalanib, hali kartoshka, hali pomidor-bodring ekkanining, ekinlarining gulgun yashnab, mo‘l hosilga kirganining guvohi bo‘lasiz. Otaxon ham doimo qizg‘in ish ustida bo‘ladi. Shunday paytda u kishi bilan suhbatlashib, katta tajribasidan o‘zingiz uchun foydali tavsiyalarni olishingiz mumkin.
Jumanazar ota ayni paytda issiqxonasidan samarali foydalanib, kartoshka ekinini parvarishlamoqda. Tez kunlarda tomorqasida yetishtirayotgan kartoshka mahsulotini ichki bozorga olib chiqmoqchi. Otaxon ekin-tikin qilmoqchi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib daromad olmoqchi bo‘lgan yosh borki, o‘z yordamini ayamasdan, erinmasdan o‘zining dehqonchilik borasidagi tajribasi, daromadi haqida suhbatlashadi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun