Xorijdan keltirilgan qoramollar uchun subsidiya ajratiladi

Date:

Chorvachilik bilan shug‘ullanish ham daromadbop yo‘nalish bo‘lib, qoramol va qo‘y-qo‘zilarning go‘shti ham, terisi ham pul. Shunchaki qaroviga e’tiborli bo‘lsangiz bo‘lgani. Ayniqsa, barcha sohalarda bo‘lgani kabi chorvachilik xo‘jaligini rivojlantirish uchun ham qator imtiyoz va qulayliklar yaratilayotgani, sohaga qiziquvchilar safining oshishiga xizmat qilayotir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Chorvachilik xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra chorvachilik xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomda chorvachilik xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘mdan, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘mdan subsidiya ajratish tartibi belgilab berilgan. Qolaversa, subsidiya oluvchilar ro‘yxatini shakllantirish, subsidiya oluvchilarga qo‘yiladigan talablar, subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi ham nizoda barafsil keltirib o‘tilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...
KunTun
KunTun