O‘quvchi dars qoldirsa, ota-ona javobgarlikka tortiladi

Date:

Shunday ota-onalar borki, uy-ro‘zg‘or tashvishlarini hali maktabda tahsil olayotgan farzandining kichikkina yelkasiga yuklab qo‘yadi. Majburiy ta’lim esa tirikchilik tashvishida qolib ketaveradi. Ota-onasining rayini qaytara olmagan bola ham bozorda arava surishga, savdo-sotiq bilan shug‘ullanishga majbur. Hech o‘ylashmaydiki, o‘quvchining turli sabablar bilan doimiy ravishda dars qoldirgani uchun ota-onalar javobgrlikka tortiladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasida ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Farzandlarini bir-ikki so‘m topishi uchun darslardan olib qolayotgan ota-onalar, undan-da ko‘prog‘ini jarima sifatida to‘lashsa, zora xatolarini tushunib yetib, o‘z burch va mas’uliyatlarini zimmalariga olishsa…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun