O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi savdo yo‘lagi ochildi

Date:

Kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘orda, umuman foydalanadigan asbob-uskuna, jihoz va texnik vositalarimizning aksariyatida “Made in China” yorlig‘iga ko‘zimiz tushadi. Bundan ko‘rinadiki, yurtimizda Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bozori chaqqon. Xitoy bilan savdo va boshqa yo‘nalishlarda aloqalarimiz tobora mustahkamlanib borayotganidan, ayni maqsadlarda yurtimiz delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida ekanidan voqifmiz.
Tashrif doirasida bo‘layotgan muzokaralardan birida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi savdo yo‘lagi ochilishiga erishildi. Ho‘sh, bundan ko‘zlangan maqsad va foyda qanday bo‘ladi? Aytish kerakki, mazkur yangi savdo yo‘li O‘zbekistonni Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Sindao shahri bilan bog‘lab, yuk tashuvlarini tez, tejamkor va xavfsiz amalga oshirish imkonini beradi. Qolaversa, yangi savdo yo‘lagi orqali yuklar avtomobil transportida “eshikdan eshikkacha” tamoyili asosida qisqa vaqtda o‘z egalariga yetkazib beriladi.
Bunda Transport vazirligi haydovchilarning viza olish, tashuvlarni amalga oshirish uchun xalqaro ruxsatnoma blankalari bilan ta’minlash, xorijiy davlatlar bojxona nazoratidan o‘tish jarayonida vujudga kelayotgan masalalarni qisqa fursatlarda hal qilishda korxonalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Delegatsiyamiz “TTG Rimini” ko‘rgazmasida

Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan “TTG Rimini” xalqaro turizm...

Oila va mahalla qadriyatlariga bag‘ishlandi

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Denov tumanida mahalla va oilaviy...

Talabalar osh damladi

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish...

Pedagogik mahorat — hududiy taraqqiyot garovi

Termiz davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlim tizimida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy...
KunTun
KunTun