Qonunni bilish – o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilishdir

Date:

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan 2023-yilning 12 oyida huquq-tartibot ahvoli, huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkoniyat yaratib bergan shart-sharoitlar, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda harbiy intizomni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirda Janubiy operativ Qo‘mondonligi hamda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, DXX Chegara Qo‘shinlari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi va viloyat hududida joylashgan barcha harbiy qism komandirlari hamda muassasa boshliqlari, ularning tarbiyaviy

va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, murojaatlar bilan ishlashga mas’ul ofitserlar hamda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi. Yig‘ilishni Termiz harbiy prokurori adliya polkovnigi Sh.Mirzayev ishtirok etib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan ma’ruza qildi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, harbiy xizmatchilarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash borasida ilg‘or usullardan foydalanish hamda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish borasidagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilib, yakunida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda faol ishtirok etgan harbiy qism va muassasa boshliqlari taqdirlandi.

Sobirjon Ashrapov,
Termiz harbiy prokurorining katta tergovchisi, adliya podpolkovnigi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun