Bolalarda suyak ko‘migi transplantatsiyasi joriy etiladi

Date:

Nima bo‘lsa, bo‘lsinu farzandlarimizning biror joyi og‘rib qolmasin. Agar shunday bo‘lsa, na hayotimizda, na yeyish-ichishimizda halovat bo‘ladi. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda “Aholi salomatligi — 2030” strategiyasi loyihasining 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra pediatriyaning barcha yo‘nalishlarida diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya bo‘yicha ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish, jumladan, bolalar xirurgiyasidagi — neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya va ortopediya kabi sohalarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda har yili 3 ming nafargacha bolada tug‘ma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik o‘zgarishlar (jumladan, gidrotsefaliya) bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi. Yiliga kamida 110 nafar bemor bola uchun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) to‘plamlarini qo‘llagan holda skolioz va umurtqa pog‘onasining boshqa patologiyasi bo‘yicha jarrohlik operatsiyalari bajariladi. Bunda suyak ko‘migi transplantatsiyasi amaliyotini joriy etish ko‘zda tutilyapti.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun