Siz kelmang, o‘zimiz boramiz

Date:

Tibbiy ko‘rik uchun vaqt topa olmayotganlar uchun shifokorlar “Siz kelmang, o‘zimiz boramiz” tamoyili asosida hududlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etib, aholi salomatligi uchun muhim tashabbus ko‘rsatishayotir. Navbatdagi ko‘rik Sho‘rchi tumanidagi “Baxshtepa-1” mahallasida tashkil etildi. Ko‘rikka salomatligida shikoyati bor fuqarolar ishtirok etib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha maslahat va davolanish uchun yo‘llanmalar olishdi.
Ushbu tibbiy ko‘rik – insonlar salomatligini saqlash, kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida o‘tkazilib kelinmoqda. O‘z vaqtida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikning ahamiyati esa insonlarning doimo sog‘ligiga e’tiborli bo‘lishi va sog‘lom bo‘lib yurishi uchun xizmat qiladi. Malakali shifokorlar yotib qolgan bemorlar holidan xabar olib, ularni ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun