Uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi

Date:

O‘zbek orzu-havasli xalq. Uy-joy qurishni, to‘y qilib, elga osh berishni orzulaydi. Ehhe, yana bu qatorni sanasak, aslo adog‘i bo‘lmaydi. Ammo, birinchi navbatda yashaydigan uyi ko‘ngildagidek bo‘lishi, farzandlari bilan bekamu ko‘st yashashi kerak-da. Shu maqsadda o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy solishni reja qiladiganlar ham ko‘plab topiladi. Bir reja bilan esa ish bitmaydi, moliyaviy tomonini ham o‘ylash kerak. Yangi turmush qurgan yoshlarga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratilishi esa ana shunday o‘ydagi oilalarning muammosini zumda hal etadi.
Talablari oddiy, ushbu imkoniyatdan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar foydalana olishadi. Va ularning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan. Ha aytgancha, qarz oluvchi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sen iste’dodlisan”

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda “Sen...

Behbudiy asarlari turk tilida

Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida...

Bitiruvchilardan qimmatli sovg‘a

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni...

Taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z...
KunTun
KunTun