AQSHda Abu Rayhon Beruniy byusti ochildi

Date:

Ajdodlari bilan faxrlanadigan xalqmiz. Shukrki, ajdodlarimiz ham faxrlanishga arziydigan allomalar, ilmu urfonda, dinu diyonatda tengsiz insonlar bo‘lishgan. Ular bilan nafaqat biz avlodlar, balki dunyo xalqlari ham faxrlanishadi. Ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosdan bahramand bo‘lib, o‘zlari uchun katta ma’naviy ozuqa olishadi. Ularning hurmat-ehtiromining isboti sifatida O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi oldida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy byusti o‘rnatildi.
Byustning tantanali ochilish marosimida AQSH hukumati, Oq uy, Davlat departamenti, diplomatik korpus, “aql” markazlari ekspertlari, ishbilarmon doira va yetakchi OAV vakillari qatnashdi. Tadbir avvalida qatnashchilarga Abu Rayhon Beruniy faoliyati va olim merosining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. “Abu Rayhon Beruniy Xristofor Kolumb Amerikani kashf qilishidan 500 yil avval okean ortida qit’a borligini aytgan”, — dedi marosimda so‘zga chiqqan Starr.
Tadbir yakunida, uning ishtirokchilariga Federik Starr qalamiga mansub Abu Rayhon Beruniy va zamonaviy tibbiyot otasi hisoblangan Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Zamonasining daholari: Ibn Sino, Beruniy” kitoblari sovg‘a qilindi. Vashingtonda qad rostlagan Abu Rayhon Beruniy byusti “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti homiyligi asosida o‘zbekistonlik haykaltarosh ustalar tomonidan yasalgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyliklar munosib qatnashdi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga...

Jazo  yetarli  emas

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning qonuniy...

Murojaat — shikoyat emas, signal

Ba’zan chiqindi tashish xizmati uchun asossiz hisoblangan qarzdorlik, internet...

Himoyaning  yangi  modeli

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash, korrupsiya xavflarini...
KunTun
KunTun