“Balli, ayollar”

Date:

Ayol go‘zallik, nafosat, sabr-toqat timsoli hamdir. Ayniqsa, harbiy oila bekalari bu borada eng yaxshi brat namunasidir. Harbiy xizmatchilar qaysi go‘shada xizmatda bo‘lsa, ularning umr yo‘ldoshi ham zaxmatli xizmatlarida yelkadosh, sinovli kunlarida suyanchiq bo‘ladilar.
Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayraobod va Kakaydi garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda “Men namunali harbiy oila bekasiman!” shiori ostida “Balli, ayollar!” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oilalari ishtirok etdi.
Ishtirokchi ayollar to‘rt yo‘nalishda bellashib, o‘zlarining nechog‘lik ziyrak ayol, oqila rafiqa, ziyoli ona ekanliklarini namoyon etdilar. “Men namunali harbiy oila bekasiman”, “Ignadan ip o‘tmasa”, “Bahru bayt” hamda “Biz To‘maris izdoshlarimiz” shartlarida mahoratlar, bilimlar, nechog‘lik oqila ekanliklari sinovdan o‘tdi. Va har bir chiqish hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi.
G‘oliblar aniqlanib, ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun