32 nafar g‘olib aniqlandi

Date:

Tashkil etiladigan festival va ko‘rgazmalar tadbirkor va hunarmandlar ishini namoyon etib, ommalashtirishga, xaridorgirligini oshirishga xizmat qiladi. Qumqo‘rg‘on tumani prokurorining tashabbusi bilan tadbirkor va hunarmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘maklashish maqsadida “Yosh tadbirkor va hunarmandlar” festivali o‘tkazildi. Unda tuman prokurori Sh.B.Akramov, O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tijorat banklari, “Hunarmand” uyushmasiga a’zo 100 ga yaqin hunarmandlar, Muruvvat internat uyi hamda mahallalarda hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh hunarmandlar o‘z ijodiiy namunalari bilan ishtirok etishdi.
Festivalga tashrif buyurganlar hunarmandlarning qo‘l mehnatini tomosha qilish bilan birga katta qiziqish bildirdilar. Ko‘plab hunarmandlar buyurtmalar qabul qilib, shartnomalar ham imzolashga muvaffaq bo‘ldilar.
Tadbir yakunida baholash komissiyasi tomonidan 32 nafar g‘olib hunarmand aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga biznesni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish maqsadida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida tushunchalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun