Aholining turmush farovonligini yaxshilash maqsadida…

Date:

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlarda tashkilot va idoralar sektorlar rahbarlari tomonidan xalqni eshitish hamda muammolarni o‘rganish aholini talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilib kelinayotgani natijasida yurtdoshlarimizning ko‘plab muammolari ijobiy hal etilib kelinayotir. Angor tumanidagi “Gilambob” hamda “Xomkon” mahallalari og‘ir toifadagi mahallalar qatoriga kiritilib, bugungi kunda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Aholining turmushi farovonligini yaxshilash maqsadida Angor tuman hokimi Qosim Mardonov hamda mas’ullar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, qurilish-obodonlashtirish ishlarini boshlash oldidan o‘rganish jarayonlari olib borildi. Yozda chang, qishda esa loy bo‘lib qoladigan yo‘llarga tosh yotqizish, asvaltlash, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, mahallalardagi aholi ichimlik suvi muammosi va ijtimoiy soha obyektlaridagi muammoli holatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
Tuman rahbari og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda barcha ishlarni tez, sifatli amalga oshirish, odamlarning bugungi hayotidan rozi bo‘lib yashashi uchun mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish ishlari bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun