Transport sohasini maxsus inspeksiya nazorat qiladi

Date:

Vazirlar Mahkamasining 15.12.2023-yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 668-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U inspektsiyaning maqomi va faoliyatini tashkil etish asoslari, vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda uning xodimlarining javobgarligi, transport sohasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Shuningdek, Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. U harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning talablari hamda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi, harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ro‘yxatdan qayta o‘tkazish hamda ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibini belgilaydi.
Transport vazirligiga 2024-yil 1-noyabrga qadar harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish axborot tizimini ishlab chiqish hamda ishga tushirish, 2024-yil 1-dekabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda axborot tizimining YAIDXP bilan integratsiya qilinishini hamda tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlari joriy etilishini ta’minlash topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2023-yildan kuchga kirgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Elchilar bilan muloqot

Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek...

Investitsiyalar oqimi oshmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov "Bovillus Finance" kompaniyasi rahbari...

8-mavsum yakunlandi

Termiz shahrida Surxondaryo Volontyorlar maktabining 8-mavsumi bitiruv tadbiri ko‘tarinki...

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...
KunTun
KunTun