“O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi

Date:

Yangi yildan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga alohida e’tibor
qaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev yig‘ilishda ma’lum qilgan edi. Prezident “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi adolatdan bo‘lishini ta’kidladi.
Shu maqsadda milliy sertifikatga ega bo‘lgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi.
O‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.
Shuningdek, madaniyat va san’at, kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning oyliklari 2024-yil 1-apreldan 20 foizga, 2025-yil 1-yanvardan yana 15 foizgacha bo‘lgan miqdorda oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun