Oldindan to‘lov tizimi joriy etiladi

Date:

Yoqilg‘i-energetika uchun to‘lov intizomini mustahkamlashni takomillashtirish bo‘yicha “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash hamda to‘lov intizomini mustahkamlash takomillashtirish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi. Loyihaga ko‘ra, ochiq maydonlarda joylashtirilgan maxsus, vaqtinchalik yoki statsionar inshootlarga, shuningdek, binolar, inshootlarning tashqi yuzalariga, devorlarga, tomlarga, panjaralarga, ko‘cha jihozlari elementlariga, ko‘chalar va yo‘llarning qatnov qismida, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSH) joylashtirilgan video-ekranlar, elektron displeylar, media fasad, grafik, matnli yoki boshqa reklama ko‘rinishidagi ma’lumotlarni (bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida) aks ettiruvchi, shuningdek, restoran, kafe, bar, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan yon-atrofidagi daraxtlarga, konstruktsiyalarga osilgan illyuminatsion va svetodiodli lampalar shodasiga ham tashqi reklama obyektlari uchun belgilangan oshirilgan koeffitsient qo‘llaniladi.
Bunda reklama obyektiga sarflanadigan elektr energiyasining hisobi alohida o‘rnatilgan elektr hisoblagich orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, elektr tarmoqlariga ulanish uchun elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) mos keladigan hisobga olish asboblari o‘rnatish ishlari 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuridik iste’molchilarning va 2024-yil 1-apreldan boshlab maishiy iste’molchilarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
2024-yil 1-yanvardan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi joriy etiladi. Yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarasiz va behuda foydalanganlik uchun qo‘llaniladigan iqtisodiy jarimalar qo‘llash tizimini takomillashtiriladi. 2024-yil 1-yanvardan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov qilmagan yuridik iste’molchilarga hisob-kitob yetkazib berilgan gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koeffitsientda hamda ta’minot korxonasiga oldindan to‘lovsiz yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 10 foiz miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash tizimi joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oliblar munosib kutib olindi

Samarqand shahri “Universiada – 2025” sport musobaqasining yengil atletika...

Maktub

"Oxirgi kunlarda kеlin judayam qoʻpollashdi. Choyimni ham yarim piyola...

Surxondaryoda qovun pishdi

Har yili erta bahordan boshlab mamlakatimiz bozorlarini turli sabzavot...

74 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini...
KunTun
KunTun