YANGI YIL ZIYORAT BILAN BOSHLANDI

Date:

Yangi yil qanday boshlansa, yil davomida ana shu kayfiyat hamroh bo‘ladi. Shu sababdan ham har bir vohadoshimiz yangi yilni shodu xurramlik bilan qarshiladi. Tinch va osoyishta yurtda, faravon hayotda umr guzoronlik qilish, albatta, baxtdir. Yangi yil shukuhi har bir maskanda, har bir makonda sezilmoqda.
Yangi yilni ezgu ishlar, xayru saxovat tadbirlari, obodonchilik ishlari bilan boshlamoqqa ham xayr bor. Shu maqsadda erta tongdan Jarqo‘rg‘on tumani hokimi Elmurod Avazov bayram arafasida tumandagi qabriston va ziyorotgohlarda bo‘lib, o‘tganlar ziyorat etilib, ularning xotirasiga Qur’on tilovat qildirdi.
Qabriston va ziyoratgohlarni ziyorat aylab, u yerdagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatma berib o‘tdi. Ziyorat va obodonchilik ishlari tumanning barcha mahallalarida bo‘lib o‘tmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun