Ko‘tarinki kayfiyat ulashib…

Date:

Har yili yangi yil bayrami yaqinlashgani sayin bolalik kezlarim yodimga keladi. Jajji bolakaylarning bayramona kiyingani-yu, turli-xil hayvonlarning kiymini kiyib, Qorqiz va Qorboboni kutib, baland ovozda Qor-bo-bo, Qor-bo-bo deya Qorboboni chorlaganimizni eslab, beg‘ubor bolaligimga qaytgim keladi. Qorboboga she’r aytib, sovg‘alar olardik, yangi yilni bolalikdagi shirin xotiralar bilan eslaymiz. Yoshu kattalar yangi yilni intizorlik bilan kutadi. Ayniqsa, bolalarimiz uchun yangi yil archasini o‘zgacha gashti bor. Vohamizning barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida yangi yil bayrami nishonlanib kelinmoqda.


Shuningdek, Termiz tumanidagi 1-MTTda ham yangi yil archasi bezatilib, bolajonlarimizga quvonch ulashdi. Bolajonlarimiz ko‘taringi kayfiyatda, o‘zlarining turli xil chiqishlari bilan davrani qizitdi. Bayramda Qorbobo, Qorqiz tashrif buyurib, barcha bolajonlarga o‘zlarining sovg‘alarini ulashib, ularga bir olam quvonch baxsh etishdi.
Bolajonlar uylariga sovg‘alari bilan ko‘tarinki kayfiyatda qaytishdi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun