Yangi yilga yangi kuch va shijoat bilan…

Date:

—Jamiyat hayotimizda ayolning o‘z o‘rni bor. Ular faqat ona, uy bekasi, suyukli yor sifatida emas, balki barcha sohalarda erkaklar bilan yelkama-yelka turib, xalq xizmatida bo‘lib kelmoqda. Ular erishayotgan yutuqlar, muvaffaqiyatlar esa bo‘lak bir mavzu. Albatta, biz ayollarning jamiyatdagi o‘rnimizni, xizmatlarimizni e’tirof etguvchi tadbirlar, tanlovlar o‘tkazib kelinayotgani ayol zotiga qilingan e’tiborning yuksak namunasidir. Ana shunday tanlovlar sirasiga davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan ibratli, faol xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur tanlovda nafaqat o‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan, yutuqlarga erishgan ayollar, qolaversa, uy bekalari ham ishtirok etishi belgilangan. Bu imkondan men ham foydalanib, tanlovga ishtirok etdim. Tan olish kerakki, viloyatimizda e’tirof etilishi kerak bo‘lgan, g‘oliblikka mos nomzodlar talaygina ekan. Mardi maydon bo‘lgan ayollarning har biri munosib raqib. Tanlovning tuman va viloyat bosqichida g‘olib deb topilishim, o‘zimga bo‘lgan ishonchimni oshirdi.
Va tanlovning respublika bosqichida ishtirok etdim, har bir shart bo‘yicha bellashdik. Quvonarlisi, tanlov so‘nggida natijalar e’lon qilinayotganda “Yil ayoli” tanlovining respublika bosqichida “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman davlat organi” nominatsiyasida kaminaning ism sharifini o‘qishdi. Ishonasizmi, quloqlarimga ishonmadim, kutmagandim ham. Bir lahzalik sukunatdan so‘ng, sahnaga chiqdim, taqdirladim. Quvonchu hayajonim esa faqat o‘zimga ayon. Ammo, bir narsani angladim, mehnat qilsangiz, jon kuydirsangiz, xizmatingiz hech qachon yerda qolmas ekan. Mana shunday g‘amxo‘r davlatda yashayotganimdan faxrlanaman. Ayni paytda eski yil yakunlanib, Yangi yil ostonasida turibmiz. Bu muddat inson hayotini sarhisob qilib, kelgusi rejalarini tuzib oladigan fursat. Men esa ortimga qaraganimda o‘z ishimdan ko‘nglim to‘lib, ana shu pozitsiyada, ana shu shijoat va kuch bilan yangi yilda ham faoliyatimni davom ettirishni o‘z oldimga maqsad qilib olganman. Ishonaman, yangi yilda meni bundan ham katta zafarlar kutmoqda…

Ro‘zigul Xolmo‘minova,
Boysun tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi direktori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviyat karvoni yo‘lda

 “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasidagi navbatdagi “Kitob karvoni”...

Zamonaviylik sari…

Termiz tumanidagi Qahramon mahallasi bugun o‘zining yangi qiyofasini topmoqda....

 “Etno shaharcha”da yangilik bisyor…

Termiz shahridagi “Etno shaharcha” hududida milliy madaniyatimizning qadimiy yo‘nalishlarini...

Hamkorlik yanada kengayadi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik asrlar davomida...
KunTun
KunTun