Jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi

Date:

“Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatida “Jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirilishi jarayonlarini hududlarda maqsadlarga erishilganlik darajasiga qarab baholab boruvchi jamoatchilik guruhining ish faoliyatini tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi, monitoring guruhining asosiy faoliyati,

strategiya doirasida qabul qilingan davlat dasturlari, jumladan, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturining amalga oshirilishini nazorat qilish, baholab borish, davriy muqobil hisobotlar tayyorlash va e’lon qilish, shuningdek, tizimga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish jarayonlarida ham faol ishtirok etish kabilar maqsad qilingan.


O‘tkaziladigan treningda “Yuksalish” umummilliy harakatining Islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i U. Radjabov “Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi” to‘g‘risida, “Yuksalish” harakatining umumlashtirish va islohotlarni amalga oshirilishi yuzasidan monitoring bo‘limi boshlig‘i D.Lyutfiddinov “Jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish bo‘yicha guruhlarda ishlash” mavzulari bilan trening qatnashchilariga ma’lumotlar berdilar.

Islom Mengliyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...
KunTun
KunTun