NNTlar faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda

Date:

Yurtimizda qaysi millat vakili bo‘lmasin, birgalikda, birdamlikda, hamjihatlikda yashab kelamiz. Aloqalarimiz ham qo‘ni-qo‘shnichilik, quda-andachilik, qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlangan. Ahillikni, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, barqarorlikni ta’minlash uchun eng avvalo, keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida turli tadbirlar uyushtirish, ularning ongiga ayni qadriyat tusini olgan jihatlarni singdirish lozim. Mana shunday tadbirlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi huzuridagi “Ijtimoiy sheriklik” bo‘yicha Jamoat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jamoat komissiyasining 2023-yil 26-oktyabrdagi 07-son yig‘ilish qaroriga asosan Kengash huzuridagi Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining ijrosini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlari va davlat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash” va “Millatlararo totuvlik va barqarorlikni ta’minlashda aholi va yoshlar o‘rtasida bag‘rikenglik hissini singdirishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish” mavzusida Davlat grantlariga kelgan loyihalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda e’lon qilingan tanlovlar haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar berib borilganiga qaramasdan, afsuslar bo‘lsinkim, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faol bo‘lmayotganliklari qayd etildi. Shundan so‘ng, taqdim etilgan loyihalar batafsil ko‘rib chiqilib, ko‘tarilgan muammolarnig dolzarbligi, amalga oshiriladigan tadbirlarning ko‘lami va ijtimoiy ahamiyatiga e’tibar qaratildi va g‘oliblar aniqlandi.
6-grant tanloviga taqdim etilgan loyihalardan “O‘zbekiston Ayollar va qizlar uyushmasi” Surxondaryo viloyat hududiy bo‘linmasi, “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi” Surxondaryo viloyat kengashi, “Tibbiyot va hayot” press ijodiy uyi MCHJ, “O‘zbekiston Nogironlar jamiyati” Qiziriq tuman hududiy bo‘linmasining loyihalari g‘olib deb topilgan bo‘lsa, 7-grant tanlovida “Muallim” jurnali, “Turkman milliy madaniyat markazi”, “Tojik milliy madaniy markazi” Surxondaryo viloyat bo‘limi loyihalari g‘olib bo‘ldi. G‘oliblarga grant mablag‘lari va sertifikatlar taqdim etildi.

Sayyora ALLAYEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun