Keyingi bosqichga ishtirok etadigan bo‘ldi

Date:

Ringga ayollar chiqsa, aslo erkaklardan kam jang qilmasligini isbotlamay qo‘yishmaydi. Ularning-da, jangini kuzatish qiziqarli va maroqli. Qolaversa, qizlar boksi bo‘yicha xotin-qizlarimiz ham yetakchilikni qo‘ldan boy berishmay, muvaffaqiyat qozonib kelishayotir. Bokschi qizlarni kashf etish maqsadida sportning boks turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda bir-biridan kuchli, mahoratli bokschi yigit-qizlarlar ishtirok etdi. Har bir round murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Kuchlilar ichida Oltinsoy tumani sport maktabi o‘quvchisi Hayot Hamidova 57 kilogram vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosiqichiga ishtirok etadigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun