Konstitutsiya — hayotimiz qo‘llanmasi bo‘lishi kerak

Date:

Konstitutsiyani har tomonlama o‘rganishimiz, uning ma’nosiga yetib borib, hayotimizning doimiy qo‘llanmasiga aylantirishimiz darkor. Termiz shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan ustozlar bosh qomusimizning ahamiyati haqida to‘xtalib, yoshlarni uni o‘qib o‘rganishga, mazmunini teranroq anglashga chorladilar. Shundan so‘ng, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlarga navbat berildi. Ayniqsa, yangilangan konstitutsiyamiz haqidagi ma’lumotlar barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar esa tadbir ishtirokchilarida bayram kayfiyatini uyg‘otdi.
“Musofir” monologi asosida sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishi ta’sirchan chiqdi va barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi. “Qomusimiz” qo‘shig‘i esa tadbirga munosib yakun bo‘ldi.

Nigora Ibragimova,
Nodira Qulliyeva
Termiz shahridagi yapon tiliga ixtisoslashgan
7-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun