50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi

Date:

O‘zbekistonda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida o‘z mikro-biznesini yo‘lga qo‘ygan va ijobiy kredit tarixiga ega aholiga 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida aytildi. Ma’lum qilinishicha, hozirda 2 million 400 ming aholi o‘zini o‘zi band qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Yig‘ilishda ularga biznesga birinchi qadam uchun kredit berish taklifi bildirilgan. Bunda yillik 340 ming so‘m ijtimoiy soliq to‘lagan aholiga imtiyozli kredit ajratilib, «onlayn» usulda bank kartasiga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, faoliyatini kengaytirib, tadbirkor bo‘lish istagidagi aholiga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi, 50 foizi bank kartasiga o‘tkazib beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun