Texnika dehqonning qanoti

Date:

Dehqon va fermerlarimiz qishning qirovli kunlarida ham dala ishlari xayoli bilan, mo‘l hosil olish niyatida yuradi. Buning uchun dala ishlarida foydalanadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari ularning qanoti bo‘lishini yaxshi biladi. Shuning uchun ham ularni kelgusi ekin-tikin ishlariga tayyorlashni hozirdanoq boshlab yuborishgan. Angor tumanida ayni masala yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, tuman sektor rahbarlari, soha mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etib, kelgusi ekin-tikin ishlarining sifatli amalga oshirilishi faqat dehqonninggina emas, butun xalqni o‘ylantiradigan, davlat siyosati masalasidagi mavzu ekanini anglatgandek bo‘ldi.
Seminarda qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yuqori bosqichga ko‘tarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda texnikalarning sozligi muhim ekanligi, shu bois, qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash borasidagi barcha ishlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, hududlarda suv isrofini kamaytirish maqsadida ariqlarni betonlash hamda dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarga yangi xonadonlar topshirildi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yetim bolalar va...

Yangi tashabbuslar ilgari surildi

Bugungi kunda xorijiy tajriba va zamonaviy bilimlarni yurt taraqqiyotiga...

Finalda g‘olib kim?

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Sportchilarimiz bo‘sh kelmadi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport salohiyatini namoyon...
KunTun
KunTun